Nasiya 6 qadamda
Mahsulot, mijoz, tekshiruv, shartlar, hujjatlar, tasdiq. Foiz va oylik to'lov o'zi hisoblanadi, jadval avtomatik tuziladi.
Do'konlar uchun nasiya tizimi
Mahsulot, mijoz, KATM tekshiruvi, to'lov jadvali va eslatmalar — bitta ilovada. Sotuvchi sotadi, tizim eslatadi, siz hisobotni ko'rasiz.
Sardor Rahimov
iPhone 16 Pro · 256GB
Daftar yo'qoladi. Excel adashadi. Mijoz «ertaga» deydi.
Nasiya Bro har to'lovni sanaydi, muddati kelganda mijozga o'zi yozadi va kim qancha qarzdorligini bir ekranda ko'rsatadi.
Mahsulot, mijoz, tekshiruv, shartlar, hujjatlar, tasdiq. Foiz va oylik to'lov o'zi hisoblanadi, jadval avtomatik tuziladi.
KATM kredit tarixi va platformadagi boshqa do'konlardagi to'lov intizomi bitta natijada: tavsiya etiladi, ehtiyotkorlik bilan yoki tavsiya etilmaydi.
To'lovdan 3 kun oldin, kunida va kechikkanda mijozga Telegram orqali, kerak bo'lsa SMS ham. Sizga esa push keladi.
Telefonlar, IMEI, avtomobillar. Qoldiq kamayganda ogohlantiradi. Naqd savdo ham shu yerda, hisobot birlashadi.
Bosh sahifada bugungi to'lovlar, kechikkanlar, oylik tushum. Hisobot davr bo'yicha, eksport bilan.
Har sotuvchiga o'z kirishi. Tannarxni ko'rsatish yoki yashirish sizning qo'lingizda. Kim nima qilganini jurnal saqlaydi.
Ilovadagi «Yangi nasiya» oqimi aynan shunday. Sotuvchi hech nima hisoblamaydi.
Ombordan tanlanadi, narx o'zi keladi.
Telefon, pasport, rasm. Bor mijoz qidiruvdan.
KATM va platforma tarixi. Natija nasiyaga biriktiriladi.
Boshlang'ich, muddat, foiz. Oylik to'lov shu zahoti ko'rinadi. Test salomlashuv Telegramga.
Shartnoma rasmlari va video bir joyda saqlanadi.
Jadval tuzildi, eslatmalar yoqildi, ombor kamaydi.
Har rejada ikki to'lov usuli: Dinamik — kichik baza + har ochilgan nasiya uchun; Fix — bitta summa, cheksiz nasiya. Usulni har oy o'zgartirish mumkin, keyingi oydan kuchga kiradi. Ro'yxatdan o'tasiz, biz bog'lanib akkauntni faollashtiramiz.
Bitta do'kon, asosiy ish
Dinamik
150 000 so'm / oy
+ 15 000 so'm har yangi nasiya uchun
Fix
600 000 so'm / oy
Cheksiz nasiya. 30+ nasiya/oy bo'lsa foydali
Ko'pchilik tanlovi
Sotuvchilar jamoasi bilan ishlaydigan do'kon
Dinamik
350 000 so'm / oy
+ 12 000 so'm har yangi nasiya uchun
Fix
1 100 000 so'm / oy
Cheksiz nasiya. 63+ nasiya/oy bo'lsa foydali
To'lovni qo'lda yig'ishni to'xtatmoqchi bo'lganlar uchun
Dinamik
700 000 so'm / oy
+ 10 000 so'm har yangi nasiya uchun
Fix
1 800 000 so'm / oy
Cheksiz nasiya. 110+ nasiya/oy bo'lsa foydali
Yurist xizmati obunaga kirmaydi: har holat $50, oylik limit rejaga qarab. KATM so'rovi va SMS tannarxda alohida hisoblanadi. Obuna biz bilan kelishib faollashtiriladi; tarmoq do'konlari uchun alohida shartlar.
Oddiy va oshkora: (narx − boshlang'ich) × (1 + foiz/100) = jami. Jami muddat oylariga teng bo'linadi. Sotuvchi ekranda shu raqamni ko'radi, mijozga ham shuni aytadi.
Do'konning o'z Telegram akkauntidan. Egasi uni ilovada bir marta ulaydi, keyin sotuvchilar shu akkauntdan salomlashuv va eslatma yuboradi. Mijoz raqamida Telegram bo'lmasa, ilova buni darhol aytadi.
Mijozning kredit reytingi, faol kreditlari va kechikishlari. Bunga platformadagi boshqa do'konlarda qanday to'laganini ham qo'shamiz. Yakuniy qaror sizniki: egasi «baribir davom etish»ni tanlashi mumkin.
Ha. Ro'yxatdan o'tishda «Avto» rejimini tanlaysiz: mashina, rang, yil, yillik foiz. Qolgan oqim bir xil.
Bizning serverda, do'konlar bir-birining mijozlarini, mahsulotlarini va narxlarini ko'rmaydi. Tekshiruvda faqat yig'indi ko'rsatiladi: nechta kechikish, qancha kun — do'kon nomi emas.